O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida 26-iyun, dushanba kuni abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinmaydi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligining axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi qaroriga asosan 26-iyun dam olish kuni deb e’lon qilingan. Bu kun oliy ta’lim muassasalarining qabul komissiyalari uchun ham dam olish kuni hisoblanadi va abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinmaydi.
Eslatib o‘tamiz, oliy ta’lim muassasalariga hujjatlar qabuli 15-iyundan boshlangan edi.
Izoh (0)