2017-yil 21-iyun kuni viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga qarashli 32-sonli Yo‘l-patrul xizmati maskanida xizmat olib borayotgan YHXB xodimlariga Andijon shahrida joylashgan transport xizmati ko‘rsatish uyushmasi haydovchisi murojaat qilib, o‘ziga biriktirilgan Lacetti rusumli avtomashinasining olib qochib ketilganligini ma’lum qilgan. Bu haqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Andijon viloyati IIB YHXB xodimlarining sa’y-harakatlari natijasida Lacetti avtomashinasini Oltinko‘l tumani, “Ko‘makay” qishlog‘i hududidagi dala maydoni chetidan aniqlandi. Transport vositasini olib qochgan shaxs ichki ishlar idoralari xodimlaridan qochib qutula olmadi va qisqa muddat ichida qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Andijon tuman IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)