• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev: Odamlarimiz hamisha ham mehnatiga yarasha daromad olmagan. Bu adolatsizlikka chek qo‘ymoq zarur

    Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida sifatli meva-sabzavot yetishtirish va aholining ushbu mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash, eksport salohiyatini yuksaltirish yuzasidan amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    “Mindonobod agrosanoat” agrofirmasi uzumchilikka ixtisoslashgan bo‘lib, 720 gektarga sanoatbop uzum navlari ekilgan. Korxona yiliga besh ming tonna mahsulot yetishtirish, uch ming tonna uzumni birlamchi qayta ishlash, 650 ming dona briket ishlab chiqarish quvvatiga ega. Buning uchun 89 kishi doimiy, 300 dan ortiq kishi mavsumiy ishga jalb etilgan. Tokzorlarni parvarishlashda tomchilatib sug‘orish texnologiyasidan foydalaniladi.

    Agrofirma tomonidan mavjud tokzorlarni ming gektarga yetkazish orqali yiliga 15 ming tonna uzum yetishtirish, bir million AQSh dollari miqdoridagi mahsulotni eksportga yo‘naltirish ko‘zda tutilmoqda. Natijada 450 ming tup tok qalamchasi o‘tqazilib, Xitoyning quyosh energiyasida ishlaydigan sug‘orish tizimlari o‘rnatiladi. Ushbu loyiha to‘la ishga tushgach, 250 kishi ish bilan ta’minlanadi.

    Davlat rahbari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun barcha yo‘llar ochilganini, kuni kecha e’lon qilingan “Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror soha vakillarining yanada samarali faoliyat yuritishi uchun keng imkoniyat yaratishga qaratilganini ta’kidladi.

    Farg‘ona viloyatida tadbirkorlik ilmini egallagan uddaburon ishbilarmonlar ko‘p. Ammo odamlarimiz hamisha ham mehnatiga yarasha daromad olmagan. Bu adolatsizlikka chek qo‘ymoq zarur. Yangi qaror bilan yaratilayotgan imtiyozlar ularning qilayotgan ishidan manfaat topishiga, o‘zi, oilasi va jamiyat uchun foyda keltirishiga, farovon hayotga erishishiga, uylar qurib, farzandlarining orzu-havasini ko‘rishiga xizmat qiladi.

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

    Shu yerda “O‘zvinosanoat-xolding” kompaniyasi tomonidan 2017—2018-yillarda Farg‘ona viloyatida amalga oshiriladigan loyihalar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Kompaniya tomonidan tijorat banklari bilan hamkorlikda qiymati 63 milliard 256 million so‘mlik 6 ta loyihani amalga oshirish, 200 ga yaqin ish o‘rni yaratish mo‘ljallanmoqda. Natijada viloyatda bo‘sh yotgan yerlarda qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish, uni saqlash, qayta ishlash bo‘yicha yirik quvvatlar tashkil etiladi, eksport hajmi ortadi.

    Quva tumanidagi Big agro logistic mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan meva-sabzavotni qayta ishlash, quritish, qadoqlash va eksport qilishga mo‘ljallangan zamonaviy logistika markazi tashkil etilmoqda.

    Loyihaning umumiy qiymati 7,2 million dollar bo‘lib, birinchi yilda 6,5 million dollar, besh yildan so‘ng 10 million dollar miqdoridagi mahsulot eksport qilish mo‘ljallanmoqda. Logistika markaziga Italiya va Turkiyadan keltiriladigan texnologik liniyalar o‘rnatiladi. besh ming tonnalik sovutgich, yetti ming tonna meva-sabzavotni qayta ishlash quvvatlari tashkil etiladi. Loyiha ishga tushgach, 180 ta ish o‘rni yaratiladi.

    Qo‘qon shahridagi “Elit konserva” mas’uliyati cheklangan jamiyatida meva-sabzavotlarni qadoqlash, Oltiariq tumanidagi Eco Export Trade mas’uliyati cheklangan jamiyatida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saralash, quritish va saqlashga mo‘ljallangan loyihalar amalga oshirilmoqda. Mazkur loyihalar viloyat eksport salohiyatini yanada mustahkamlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishda alohida ahamiyatga ega.

    Bu yil Quva tumanidagi “Farg‘ona anorzori” mas’uliyati cheklangan jamiyatida 50 gektarda yangi anorzor barpo etilgan. Ushbu bog‘ni agrotexnika qoidalari asosida parvarishlash natijasida kelgusida 700 tonnadan ortiq hosil olish rejalashtirilmoqda. Anorzor qator oralariga pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri va boshqa sabzavotlar, dukkakli ekinlar ekilgan.

    Agrofirma tomonidan kelgusi yillarda anorzorlarni ikki ming gektarga, hosildorlikni 30 ming tonnaga yetkazish mo‘ljallanmoqda.

    Prezident Quva va Dashnobod anori dunyoga mashhur ekani, har ikkala navning o‘ziga yarasha xususiyatlari mavjudligini ta’kidladi. Anor chiqitsiz mahsulot bo‘lib, po‘stlog‘idan kimyo sanoatida rang olishda, farmatsevtikada xomashyo sifatida foydalanish mumkinligi qayd etildi. Viloyatda anorzorlarni yanada kengaytirish va ushbu mahsulot eksportini ko‘paytirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi.

    Milliy bank tomonidan viloyatda qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar namoyish qilindi. Qiymati 64,4 million dollar bo‘lgan ushbu loyihalardan 10 tasi Xitoy taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilgan. Yil oxiriga qadar yana beshtani loyihani moliyalashtirish ko‘zda tutilgan. Buning samarasida 2017—2018-yillarda 68 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot qayta ishlanib, 25,7 million dollarlik mahsulot eksport qilinadi.

    Davlat rahbari Uchko‘prik tumanidagi sobiq konserva zavodi negizida amalga oshirilayotgan loyihani ham ko‘zdan kechirdi.

    Loyiha tashabbuskori “Volley Mountains Fresh” mas’uliyati cheklangan jamiyati bo‘lib, 10,5 milliard so‘m, jumladan, “Ipoteka-bank”ning 7,4 milliard so‘m krediti hisobiga korxonaning mavjud quvvatlari modernizatsiya qilinadi, mevani saqlovchi muzlatgich va qadoqlovchi uskunalar o‘rnatiladi.

    2018-yilning birinchi choragida loyihaning  birinchi bosqichi, to‘rtinchi chorakda ikkinchi bosqichi ishga tushiriladi. Natijada ming tonna tomat pastasi, shuncha pyure va konsentrat, meva-sabzavot konservalari aholi iste’moli uchun yetkazib beriladi. Mahsulot eksportga ham yo‘naltiriladi. Ushbu loyiha ishga tushirilishi natijasida 170 ta ish o‘rni tashkil etiladi.

    Prezident viloyatda qayta ishlash sanoatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyat, xomashyo va ishchi kuchi mavjudligini ta’kidladi. Ulardan unumli foydalanish, tarmoqqa tadbirkorlarni keng jalb etish bo‘yicha mutasaddilarga zarur topshiriqlar berdi.

    22.06.2017, 18:25   Izoh (0)   24439
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sodiq Safoyev: Hukumat tarkibidagi o‘zgarishlar uning faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi

    22.06.2017, 18:04

    TIV Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari shaxsini aniqlash choralarini ko‘rmoqda

    22.06.2017, 17:44

    Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatidagi shahar va tumanlarni rivojlantirish bosh rejasi bilan tanishdi

    22.06.2017, 17:34

    Qozog‘istonda avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida Rossiyadan qaytayotgan 9 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

    22.06.2017, 17:24

    Namanganda qutqaruvchilar 4 nafar fuqaroni qirg‘oqqa olib chiqib ularning hayotini saqlab qoldi

    22.06.2017, 17:04

    Marg‘ilondagi istirohat bog‘iga Erkin Vohidov nomi berilib uning haykali o‘rnatiladi

    22.06.2017, 16:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qator hududlarida issiqlik va gidroelektr stansiyalari ishga tushiriladi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 00:13

    Indoneziya prezidentining mushugi shaxsiy qo‘riqchiga ega bo‘ldi

    Dunyo | 22 iyul, 00:00

    O‘zbekistonda gaz va benzin ishlab chiqarish hajmi kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 23:44

    Isroil 25 davlatning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqirig‘ini rad etdi

    Dunyo | 21 iyul, 23:16

    Qirg‘izistonda SIM kartalarni uchinchi shaxsga berish va sotishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi

    Dunyo | 21 iyul, 22:56

    O‘zbekistonda “oltmishvoy” va “yetmishvoy”lar tug‘ilishi sezilarli kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.