O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida Marg‘ilon shahridagi Erkin Vohidov nomli madaniyat va istirohat bog‘ida viloyatdagi tuman va shaharlar markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablari asosida rivojlantirish bosh rejasi bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Shuningdek, Marg‘ilonda turizmni rivojlantirish dasturi, tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Dastur doirasida uy-joy qurish, sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya tizimlari, ijtimoiy soha infratuzilmasini yanada rivojlantirish sohalarida o‘nlab loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Davlat rahbari Marg‘ilon hunarmandlar markazini tashkil etish, soha xodimlari uchun qulay soliq imtiyozlari, zarur shart-sharoitlar yaratish, boshqa loyihalarni ham yanada mukammallashtirish, qurilish ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Izoh (0)