Avstriyadagi musulmon bolalar bog‘chalarini yopish kerak, chunki ular bolalarning jamiyat bilan integratsiyalashuviga yordam bermaydi. Bu haqda Avstriya tashqi ishlar va integratsiya vaziri Sebastyan Kurs ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
“Albatta bu kerak emas. Bizda hech qanaqa musulmon bolalar bog‘chalari bo‘lishi kerak emas”, — dedi Kurs bunday maktabgacha ta’lim muassasalarini yopish kerakmi, degan savolga javoban. TIV rahbari fikricha, bunday bolalar bog‘chalari bolalarning jamiyat bilan birlashib ketishiga to‘sqinlik qiladi.
Kurs Avstriyada yashaydigan bolalar nemis tilini o‘rganishi kerakligini ta’kidladi. Bu, uning so‘zlariga ko‘ra, jamiyat bilan integratsiyalashuvning eng yaxshi yo‘llaridan biriga aylanadi.
Nashr eslatishicha, 2015-yil fevralida Avstriya parlamenti musulmon tashkilotlarning xorijdan moliyalashtirilishini taqiqlovchi qonunni ma’qullagan edi. U islomiy radikalizmga qarshi kurashga yo‘naltirilgan edi.
Izoh (0)