Yevrosiyo Media Forumi rasmiy saytida forum tashkiliy qo‘mitasi raisi Darig‘a Nazarboyevaning kirish gapi keltirildi.
“Dunyo axborot shovqini bilan to‘lib ketgan, bunda faktlar o‘zining birinchi darajali ahamiyatini yo‘qotib, haqiqatning noto‘g‘ri manzarasini keltirib chiqaradigan dalillar va fikrlarning cheksiz oqimiga aylanadi, bu dunyo hamjamiyatini ko‘p bora siyosiy turbulentlik va iqtisodiy ag‘dar-to‘ntarlar holatiga keltirgan…
15 yildan buyon Yevrosiyo Media Forumi o‘z tashabbusi bilan yaqin va uzoq xorijdan yetakchi ekspertlar, siyosatchilar, iqtisodchilar, jamoat va madaniyat arboblarini hozirgi kunning muhim mavzulari bo‘yicha ochiq muloqot uchun birlashtiradi…
Bu yil Yevrosiyo Media Forumi “Ostona Expo-2017” xalqaro ko‘rgazmasi homiyligida va uning hududida bo‘lib o‘tadi. Bo‘lg‘usi anjumanda dunyoni geosiyosiy jihatdan qayta qurish, raqamli muhitda xavfsizlik strategiyasi va barqaror taraqqiyot, yashil iqtisodiyot va kelajak energiyalarini ilgari surish tendensiyalari masalalarini muhokama qilish rejalashtirilmoqda”, — deyiladi siyosat fanlari doktori Darig‘a Nazarboyevaning kirish gapida.
Eslatib o‘tamiz, har yili Qozog‘istonning Ostona shahrida o‘tkazilib, 60 mamlakatdan 600 dan ziyod delegatlarni to‘playdigan xalqaro bahs-munozara maydoni — Yevrosiyo Media Forumida bu yil “Daryo” nashri vakili ham qatnashmoqda.
Izoh (0)