Amerikaning Michigan shtatidagi Bishop aeroportida erkak kishi politsiyachining bo‘yniga pichoq urdi, deb yozadi Meduza.
Jabrlanuvchi ayni paytda kasalxonada. Dastlab uning ahvoli og‘ir deb baholandi, keyinroq barqaror holatda ekanligini ma’lum qilishdi.
Jinoyatchi hibsda saqlanmoqda.
Hujum qanday vaziyatda yuz bergani xabar qilinmayapti. FQB guvohlarning xabarlarini tekshirmoqda, ularga ko‘ra, jinoyatchi hamla qilayotgan vaqtda “Ollohu akbar” deya baqirgan.
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa ehtimoliy terakt deb baholanmoqda.
Izoh (0)