Portugaliyaning Leyriya okrugida o‘rmon yong‘inlari oqibatida 24 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Antoniu Koshtu ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Biz dahshatli fojiaga duch keldik. Hozirda 24 kishi halok bo‘lgani tasdiqlandi, biroq qurbonlar soni ortishi mumkin”, — dedi bosh vazir.
Halok bo‘lganlarning uch nafari tutundan zaharlangani, 16 kishi Figeyro-dush-Vinyush — Kashtaneyra- di-Pera trassasida, avtomobilida yonib ketgan holda topilgani bildirilmoqda.
Izoh (0)