Saudiya Arabistoni o‘z hududiga Turkiyaning biror-bir harbiy bazasini joylashtirish niyatida emas. SPA davlat agentligining Saudiya hukumatidagi rasmiy manbaga asoslanib xabar berishicha, “bunga zarurat yo‘q”.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 15-iyun, payshanba kuni Portugaliya televideniyesiga bergan intervyusida Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bilan mamlakat hududiga turk harbiy bazasini joylashtirish masalasini muhokama qilgani, podshoh mazkur taklifni ko‘rib chiqishga rozilik bildirganini aytib o‘tgan edi.
“Vakolatli manbaning tasdiqlashicha, Saudiya Arabistoni podshohligi Turkiyaga mamlakat hududida o‘z harbiy bazalarini tashkil etishga imkon bera olmaydi... Podshohlikda bunga zarurat yo‘q”, — deyiladi axborotda.
Manbaning qayd etishicha, mamlakat “qurolli kuchlari va uning imkoniyatlari hozirda yaxshi holatda” va Saudiya harbiylari xorijda ham, xususan, Turkiya hududida joylashgan Injirlik bazasida ham xizmat o‘tamoqda.
Izoh (0)