Rossiya Markaziy saylov komissiyasi rahbari Ella Pamfilova muxolifatchi Aleksey Navalniy sudlanganligi tufayli, Rossiya prezidentligiga bo‘lg‘usi saylovlarda o‘z nomzodini qo‘ya olmasligini aytdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Sudlanganligi tufayli, unda saylovlarda ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yo‘q”, — dedi u.
Avvalroq Rossiya MSK raisi o‘rinbosari Nikolay Bulayev “Kirovles” ishi bo‘yicha hukm ustidan shikoyat arizasi berilmagunicha, Aleksey Navalniy ayni paytda saylovlarda nomzod sifatida ishtirok eta olmasligini aytgan edi.
Izoh (0)