Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev 2008—2012-yillarda mamlakat prezidenti lavozimida ishlagan vaqtda o‘z majburiyatlarini mustaqil ravishda bajargan. Bu haqda rejissor Oliver Stounga bergan intervyusida Rossiya prezidenti Vladimir Putin aytib o‘tdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Putin “ko‘p va umuman olganda, ancha muvaffaqiyatli ishlaganini”, ammo prezident boshqa odam bo‘lganini ta’kidladi.
“Men shuni bilamanki, bizning mamlakatda ham, xorijda ham ushbu davrga yuqori baho berishgan. Sizga shuni aytishim kerak, prezident Medvedev o‘zining barcha majburiyatlarini to‘liq va mustaqil bajargan. Mamlakatda prezident faqat bir kishi bo‘lishi kerak. Xalq tomonidan saylangan odam bo‘lishi kerak”, — dedi Rossiya yetakchisi.
Izoh (0)