Filippin prezidenti Rodrigo Duterte AQShdan mamlakat janubidagi Maravi shahrini IShID tarafdori bo‘lgan jangarilardan ozod qilishda harbiy yordam so‘ramaganini ma’lum qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Vashintonning Maniladagi elchixonasi xodimi AQSh maxsus bo‘linmasi mamlakatda Filippin hukumati so‘roviga binoan jang qilayotganini bildirgandi.
“Hech qachon AQShga yordam so‘rab murojaat qilmaganman. Ularning paydo bo‘lishi men uchun kutilmagan holat bo‘ldi”, — dedi Duterte.
Filippin qurolli kuchlari vakillari amerikalik ularga texnik ko‘mak ko‘rsatayotgani, biroq jangovar operatsiyalarda ishtirok etmayotganini ta’kidladi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)