Norvegiyada bolalar bog‘chalari, maktab va universitetlarda yuzni yopuvchi ayollar libosini kiyishni man etuvchi qonun loyihasi tayyorlandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Taqiq bunday libos muallimlar va o‘quvchilar o‘rtasidagi muloqotni qiyinlashtirishi va sifatli ta’lim olishga to‘sqinlik qilishi bilan izohlandi. Shu bilan birga, ro‘mol o‘rab yurish man etilmasligi bildirilmoqda.
Norvegiya partiyalarining aksariyati mazkur qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlamoqda. Uning kelgusi yili qabul qilinishi kutilmoqda. Shunday bo‘lgan taqdirda, bu Skandinaviya davlatlarida hijobning ilk taqiqlanishi bo‘ladi.
Izoh (0)