Shimoliy Koreya yaqin orada qit’alararo ballistik raketa sinovini o‘tkazishi mumkin. Bu haqda, mamlakatning markaziy “Nodon sinmun” gazetasiga tayanib, Yonhap agentligi ma’lum qildi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.
Nashrga ko‘ra, “Pxenyan tomonidan o‘tkazilgan strategik qurollarning muvaffaqiyatli sinovlari turkumi KXDR qit’alararo ballistik raketa parvozini amalga oshiradigan vaqt yaqinlashayotganini ko‘rsatdi”.
“Bunday toifadagi raketa sinovi va uning muvaffaqiyatli o‘tishi AQShning xalq respublikasiga qarshi dushmanlik siyosati tanazzulga yuz tutganini namoyish etadi”, — ta’kidladi gazeta.
Izoh (0)