Afg‘oniston sharqida 10-iyun, shanba kuni AQShning uch nafar harbiy xizmatchisi o‘ldirildi, bir kishi jarohat oldi. Buni AQSh mudofaa vazirligi o‘zining qisqa bayonotida tasdiqladi, deya xabar beradi “TASS”.
“AQShning uch nafar harbiy xizmatchisi Afg‘oniston sharqida o‘ldirildi. Yana bir harbiy xizmatchi yaralandi va tibbiy yordam ko‘rsatish uchun evakuatsiya qilindi. Ularning yaqinlarini bu haqda ogohlantirilmoqda”, — deyiladi bayonotda. Pentagonning hodisaning boshqa tafsilotlarini keltirmagan.
“TASS” manbalariga ko‘ra, amerikalik harbiylar Nangarxar viloyatida afg‘on askari hujumi oqibatida halok bo‘ldi. Askarning o‘zi o‘ldirilgan.
Bu Afg‘onistonda mahalliy harbiy xizmatchilar tomonidan koalitsiya kuchlariga hujum bilan bog‘liq ilk holat emasligi bildirilmoqda.
Izoh (0)