Birlashgan Arab amirliklaridagi Ajman shahrining sanoat zonasida 11-iyun, yakshanbaga o‘tar kechasi bir necha ombor yonib ketdi. Bu haqda UAE Inside xabar bermoqda.
Fuqaro mudofaasi vazirligi barcha binolar boshdan-oyoq kulga aylanganini tasdiqladi, biroq qurbonlar qayd etilmadi.
Hodisa ertalabki soat 2:30 da ro‘y berdi. O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni bartaraf etdi va olov qo‘shni binolarga o‘tishining oldini oldi. Xatarli hududda bo‘lgan ishchilar xavfsizligini ta’minlash va yo‘lni to‘sish uchun voqea joyiga qutqaruvchilar va politsiya yetib keldi.
Yong‘in sababi hozircha ma’lum emas. Alangalanish sababi va tafsilotlarini o‘rganish uchun mutaxassislar guruhi yuborildi.
Izoh (0)