AQShning CNN telekanali boshlovchi Rizo Aslan bilan shartnomani bekor qildi va uning “Iymon keltirgan” nomli shousini yopdi. Bu haqda The New York Times ma’lum qildi, deya xabar beradi TJournal.
Jurnalist ishdan bo‘shatilishiga AQSh prezidenti Donald Trampning London teraktlariga munosabati haqidagi fikrlari sabab bo‘ldi.
Tramp London teraktlari fonida migratsiya bo‘yicha cheklovlarini ilgari surishga uringandi. Boshlovchi uning harakatlarini qoraladi va va “insoniyat uchun sharmandalik” deb atadi.
May oyi oxirida CNN ijtimoiy tarmoqlarda Trampning kesilgan boshi mulyaji bilan tushgan suratlarini joylashtirgan boshlovchi Keti Griffinni ham ishdan chetlatgandi.
Izoh (0)