Oq Uy matbuot kotibi birinchi o‘rinbosari Sara Hakabi-Sandersning uch yoshli bolasi onasining Twitter’dagi akkauntida yozuv qoldirib, shov-shuvlarning sababchisi bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Ota-onasining yo‘qligidan foydalangan Sara Hakabi-Sandersning uch yoshli o‘g‘li Hak onasining smartfonini o‘ynab, uning Twitter’dagi rasmiy akkauntida ko‘plab raqamlar, harflar va belgilardan iborat yozuv qoldirdi.
https://twitter.com/SHSanders45/status/873524794557333504
Topishmoqli yo‘llanma taxminan ikki yarim soatda bir necha ming izoh yig‘di va taxminan shuncha marta qayta post qilindi. Twitter foydalanuvchilari, asosan, Sara Hakabi-Sandersning “raqamlangan yo‘llanmasi” nimani anglatishini va uning kimga yo‘naltirilganini topish uchun bosh qotirgan.
Javobni Hakabi-Sandersning o‘zi ma’lum qilgan. “Mana nima bo‘ladi, agar uch yoshli bolang telefoningni o‘g‘irlasa. Rahmat, Hak!”
https://twitter.com/SHSanders45/status/873548063973027840
Hakabi-Sandersning boshlig‘i — Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser o‘zining mikroblogida Hakning o‘xshamagan yozuvi va uning onasi tomonidan berilgan tushuntirishni post qilgan.
Izoh (0)