Suriya armiyasi IShID jangarilaridan Raqqa viloyatidagi qator qishloqlarni ozod qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
“IShID jangarilariga qarshi janglar natijasida hukumat armiyasi Raqqa viloyati g‘arbida Hirba Muhsin, Hirba Hasan, Bir as-Saba, at-Tarkaui, as-Solihiya va Aiz Bukardi qishloqlari ustidan nazorat o‘rnatdi”, — ma’lum qildi agentlik manbasi.
Oldinroq muxolifatning “Suriya demokratik kuchlari” alyansi rasmiy vakili Talal Silo 5-iyun, dushanba kuni Raqqani ozod qilish bo‘yicha operatsiya boshlanganini e’lon qilgandi. Alyans kuchlari Raqqaga sharq tomondan kirdi.
Izoh (0)