AQSh rahbarligidagi koalitsiya At-Tanfadagi Suriya hukumatparast kuchlariga yana zarba berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Koalitsiya xabarida aytilishicha, “Suriya janubida nizolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun belgilangan zona ichida Suriya rejimini qo‘llab-quvvatlovchi qo‘shimcha kuchlar” yo‘q qilingan.
“Avvalgi ogohlantirishlarga qaramay, rejimni qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar nizolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun belgilangan zonaga kirgan — bunda gap tank, artilleriya, raketaga qarshi mudofaa vositalari hamda At-Tanfa garnizonidagi koalitsiya va sheriklar kuchlariga xavf tug‘diruvchi 60 dan ziyod askar haqida bormoqda”, — deyiladi bayonotda.
Ittifoqdoshlar bir necha marta ogohlantirish berganidan so‘ng ikkita artilleriya, bitta havo hujumiga qarshi qurolni yo‘q qilgani, shuningdek, tankka zarar berganini ma’lum qildi.
Yangi zarba munosabati bilan, ittifoqdoshlar qo‘mondonligi Suriya hukumati bilan jang qilish niyatlari yo‘qligini, ammo zarur bo‘lsa, himoyalanishini ta’kidladi.
Izoh (0)