Saudiya Arabistoni munosabatlar normallashuvi uchun Qatar oldiga o‘nta shart qo‘ydi va ularni bajarish uchun 6-iyun, seshanba kuni kechqurundan boshlab 24 soat muhlat berdi, deb yozadi “RIA Novosti” Saudiya yangiliklar portaliga tayanib.
Ilgari surilgan shartlar orasida Eron bilan aloqalarni zudlik bilan uzish, “Musulmon birodarlar” va HAMAS harakatlarining barcha a’zolarini quvib chiqarish, ularning banklardagi hisoblarini muzlatib qo‘yish va ushbu guruhlar bilan har qanday hamkorlikka nuqta qo‘yish kabi bandlar bor.
Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni Qatardan Dohadan uzatiladigan “Al-Jazira” sun’iy yo‘ldoshli telekanali siyosatini zudlik bilan o‘zgartirish hamda kanal faoliyati Fors ko‘rfazi va arab dunyosi mamlakatlari manfaatlariga zid bo‘lmasligi uchun uning ma’muriyatini o‘zgartirishni talab qildi.
Izoh (0)