Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShning sobiq prezidenti Bill Klintonga Rossiyaning NATOga a’zo bo‘lish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif etganini ma’lum qildi. Bu haqda u amerikalik rejissor Oliver Stounga intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Klinton prezident ekanligida u bilan so‘nggi uchrashuvlardan biri yodimda. U Moskvaga tashrif buyurgan edi, shunda muhokamalar chog‘ida ‘Balki Rossiyaning NATOga a’zo bo‘lish variantini ko‘rib chiqish kerakdir’ dedim. Klinton: ‘Bo‘lishi mumkin, men qarshi emasman’, — deb javob bergan edi”, — deydi Putin.
Putinning ta’kidlashicha, o‘sha lahzada AQShning butun delegatsiyasi juda asabiylasha boshlagan.
Izoh (0)