Tver viloyatida erkak sakkiz kishini otib tashladi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi rasmiy vakili Svetlana Petrenko ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Qo‘mitaning Tver viloyatidagi tergov organlari tomonidan sakkiz kishi — ikki ayol va olti erkakning o‘ldirilishi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘aldi. Ommaviy qotillik Konakov tumanining Redkino posyolkasida, bog‘dorchilik shirkatidagi tadbirlardan birida maishiy mojaro oqibatida ro‘y berdi. Mojaro qatnashchilaridan biri uyidan qurol olib chiqib, uni xafa qilganlar va guvohlarni otib tashladi”, — dedi Svetlana Petrenko.
Hozirda erkak qo‘lga olingan va yaqin orada u bilan tergov harakatlari olib boriladi.
Izoh (0)