The World Economic Forum xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan reytingga muvofiq, dunyodagi eng yomon yo‘llar Moldovaniki bo‘lib chiqdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Reytingda Moldova eng so‘nggi — 144-o‘rinni egalladi. Undan oldingi o‘rinlar Gvineya, Mo‘g‘uliston, Ruminiya va Gaitiga “nasib etdi”.
Eng yaxshi yo‘llar deb esa Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Portugaliya va Ummon yo‘llari tan olindi.
Rossiya reytingda 123-pog‘onada joylashdi.
Izoh (0)