Afg‘onistonlik erkak Bavariyada joylashgan qochoqlar lagerida rossiyalik besh yoshli bolani o‘ldirdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Hodisa Bavariya federal o‘lkasidagi Arnshvang kommunasida yuz berdi. “Nordbayern.de” portali ma’lumotlariga ko‘ra, 41 yoshli afg‘onistonlik rossiyalik bolakayni garov tariqasida olgan va unga o‘limga olib keluvchi jarohat bergan. U, shuningdek, bolaning onasiga og‘ir jarohat yetkazgan.
Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot organlari xodimlari o‘t ochib, hujum qilgan shaxsni otib tashladi.
Izoh (0)