BMT Xavfsizlik kengashi a’zolari Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalarni kengaytirish to‘g‘risidagi rezolyutsiya loyihasini bir ovozdan ma’qulladi. “Kommersant” xabariga ko‘ra, mazkur hujjat KXDRning ballistik raketalar uchirishi beto‘xtov davom etayotganiga javoban AQSh tomonidan tayyorlangan.
Sanksiya ro‘yxatiga 14 jismoniy shaxs va to‘rtta yuridik shaxs qo‘shilgan. Cheklovlar KXDR atom energiyasi bo‘yicha bosh byuroni boshqaruvchi Shimoliy Koreyaning Kumsan korporatsiyasiga, tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshiruvchi Koryo bankiga, shuningdek, KXDR xalq armiyasining strategik raketa qo‘shinlariga nisbatan joriy etilgan.
Qora ro‘yxatga kiritilgan shaxslarga nisbatan Pxenyanga qarshi joriy etilgan sanksiya tartibi, xususan, boshqa mamlakatlar hududiga kirish taqiqi va xorijdagi moliyaviy aktivlarning muzlatib qo‘yilishi kabilar tatbiq etiladi.
Izoh (0)