London politsiyasi 3-iyun kechasi shaharda uyushtirilgan terakt yuzasidan 12 kishini ushladi. Bu haqda, idora saytidagi bayonotga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Barcha gumondorlar Barking tumanida qo‘lga olindi. Tumanda belgilab berilgan bir qancha manzillar bo‘yicha tekshiruv va tintuv ishlari davom etmoqda.
4-iyunga o‘tar kechasi avtofurgondagi noma’lum shaxslar London ko‘prigidagi piyodalarga urildi, keyin ularga pichoq bilan hujum qildi. Keyinroq Boro bozorida ham pichoq bilan hujum qilinganligi qayd etildi.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, terakt oqibatida yetti kishi qurbon bo‘lgan.
Izoh (0)