Filippin janubida aksilterror operatsiyasi davomida yo‘q qilingan sakkiz nafar xorijlik yollanma jangari orasida Rossiya fuqarosi ham bo‘lgan. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri o‘rinbosari Rikardo Devid ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Biz o‘ldirilgan jangarilar pasportlarini topdik. Ular orasida Chechenistondan ekanligi taxmin qilinayotgani Rossiya fuqarosidan tashqari Malayziya va Indoneziya fuqarolari ham bo‘lgan”, — dedi Filippin mudofaa vaziri o‘rinbosari.
Rikardo Devidga ko‘ra, aksilterror operatsiyasi o‘tkazilayotgan Mindanao provinsiyasida kamida 40 nafar chet ellik jangari bor. Ular Filippinga Malayziyaning sharqiy shtatlaridan ham o‘tish mumkin bo‘lgan Sulu dengizi orqali kirib kelmoqda.
Izoh (0)