Venesuelada aprel oyidan beri tinmayotgan norozilik namoyishlari davomida halok bo‘lganlar soni 63 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda mamlakat bosh prokurori Luisa Ortega Dias ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Bu o‘limlardan 19 tasi xavfsizlik kuchlari harakatlari bilan bog‘liq. Salkam 1,2 ming kishi jarohat oldi”, — ta’kidladi Luisa Ortega Dias.
Prokuratura namoyishlar chog‘ida sodir etilgan turli huquqbuzarliklar bo‘yicha 3,4 ming jinoiy ish qo‘zg‘aldi.
Hozirgacha rasmiylar 420 dan oshiq kishini qo‘lga oldi. 40 kishi, jumladan, 19 nafar huquq-tartibot xodimi qidiruvga berilgan.
Izoh (0)