Kurdiston ishchi partiyasi Turkiyaning Shirnoq viloyatida harbiy vertolyot qulagani uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Cougar vertolyoti 31-may, chorshanba kuni kechki payt Shenoba shahridan uchgan va parvozdan uch daqiqa o‘tib, halokatga uchragandi.
Turkiya bosh shtabi o‘shanda buni havo kemasi elektr uzatish tarmog‘iga tegib ketgani bilan izohlagandi.
Hodisa oqibatida 13 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi.
Izoh (0)