AQShning iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqishi ushbu mamlakat mas’uliyatsizligidan dalolat beradi. Bu haqda Eron TIV rasmiy vakili Bahrom Qosimiy ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqishi AQShning dunyo hamjamiyati oldida mas’uliyatni umuman his etmasligini ko‘rsatadi. Bu qadam AQSh yanada yakkalanib qolishiga olib keladi. Parnik gazlari tashlanmalari bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadigan va atmosferaning eng asosiy bulg‘ovchilaridan bo‘lgan davlat kelishuv bo‘yicha majburiyatlarni bajarmasligini mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi”, — dedi Eron diplomati.
Bahrom Qosimiyga ko‘ra, dunyo hamjamiyati AQSh Parij kelishuvi bo‘yicha xalqaro majburiyatlarini so‘zsiz bajarishiga erishishi lozim.
Izoh (0)