AQSh prezidenti Donald Tramp Gruziya mustaqilligi kuni bilan tabriklab, mamlakat bosh vaziri Georgiy Kvirikashviliga tabriknoma yo‘lladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
“Mustaqillikka erishganidan so‘ng, Gruziya demokratiya sohasida yetakchiga aylandi, bu esa jahon xavfsizligi foydasiga xizmat qilmoqda”, — deb yozdi Tramp.
Uning qayd etishicha, Gruziya tashqi bosimga qaramay, o‘z kelajagini belgilash yo‘lidan dadil va ongli ravishda harakat qilmoqda.
“Qo‘shma Shtatlar xalqaro tan olingan chegaralar doirasida Gruziya suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaydi”, — deya qo‘shimcha qildi Amerika prezidenti.
Avvalroq AQSh armiyada islohotlar o‘tkazish masalasida Gruziyaga ko‘mak berishi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
Izoh (0)