Gonkongdagi Christie’s auksionida Hermes brendiga (Fransiya) mansub ayollar sumkasi 380 ming dollarga sotildi. Shu tariqa mazkur aksessuarga tegishli dunyo rekordi o‘rnatildi, deya xabar beradi “TASS”.
Birkin modelidagi sumka timsoh terisidan tayyorlangan, 18 qirotli brilliant va tilla bilan bezatilgan. Xaridorning kimligi oshkor etilmadi.
Avvalgi rekord ham Hermes Birkin’ga tegishli edi: o‘tgan yili sumka 300 ming dollarga sotilgan.
Izoh (0)