Avstraliyada uzunligi 2,7 metr bo‘lgan oq akula motor qayiqqa sakrab tushib, keksa baliqchining o‘takasini yordi. Bu haqda The Independent ma’lum qildi.
Ustiga-ustak, 200 kilogrammli yirtqich 73 yoshli Terrik Selvudni suzgichi bilan urib, qo‘lini shikastladi. Erkak jonivor bilan yana to‘qnashishdan qochib, 4,5 metrli qayiqning oldi qismiga o‘tib oldi. Uning aytishicha, akula qayiq sahnini to‘liq egallgan.
Selvud ratsiya orqali qutqaruvchilarni chaqirdi va ular baliqchini qirg‘oqqa yetkazdi. So‘ng ichida akula bo‘lgan qayiqni yaqin oradagi portga olib ketildi.
Terrik Selvudga ko‘ra, kichik akulalar baliqchilar qayig‘iga sakrashi tez-tez uchrab turadigan hodisa, biroq u bunday yirik yirtqich bilan yakkama-yakka qolishini aslo kutmagandi.
Izoh (0)