Avstraliyalik Ris ismli talaba Facebook’dagi sahifasida sarxush kechadan so‘ng uni uyiga eltib qo‘ygan politsiyachilar bilan tushgan selfini e’lon qildi. Surat skrinshoti Tasmaniya shtati politsiyasining rasmiy akkauntida ham joylashtirildi.
O‘smir sertabassum politsiyachilar tomonidan olingan fotoni ertasiga smartfonida ko‘rib qoldi va ular uni uyiga eltib, to‘shakka yotqizib qo‘yganini fahmladi.
Mazkur selfi Reddit saytidagi eng ko‘p o‘qilgan va izoh berilgan postlar qatoridan o‘rin oldi. Bir necha soat ichida u 5 mingdan ortiq “layk” to‘pladi.
Izoh (0)