Misr harbiy-havo kuchlari nasroniy-koptlarni olib ketayotgan avtobuslarga uyushtirilgan hujumga aloqadorligi tasdiqlangan guruhlarning Liviya sharqidagi manzillariga zarbalar berdi. Bu haqda “RIA Novosti” ma’lum qildi.
“Qurolli kuchlar Misr janubidagi hujum rejalashtirilishi va amalga oshirilishiga aloqadorligi tasdiqlanganidan so‘ng Liviyadagi ekstremistlar guruhiga havodan zarbalar berdi”, — deyiladi Misr armiyasi bayonotida.
Misr armiyasi samolyotlari Liviya HHK bilan muvofiq holda terrorchilarning Derna shahridagi 6 manziliga 6 ta zarba berdi.
OAV bu hududdagi IShID shtabi vayron qilinganini bildirmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)