Buyuk Britaniya huquq-tartibot organlari Manchesterdagi terakt bo‘yicha tergov davomida yana ikki kishini qo‘lga oldi. Hozirgi kunda so‘roq uchun hibsda bo‘lib turgan gumonlanuvchilar soni 11 kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Tergov davomida jami 13 kishi qo‘lga olindi, ulardan ikki nafari hech qanday ayblov e’lon qilinmasdan qo‘yib yuborildi.
Manchester politsiyasi bayonotiga ko‘ra, shahardagi ikki manzilda tintuv o‘tkazildi. Ulardan birida nazoratli portlash amalga oshirildi.
“Manchester Arena’dagi hujumni tergov qilish doirasida terrorizm to‘g‘risidagi qonunni buzishda gumonlanayotgan 22 va 20 yoshdagi erkaklar qo‘lga olindi”, — deyiladi politsiya xabarida.
22-may kuni Manchester Arena’da Ariana Grandening konserti vaqtida terakt sodir bo‘ldi. Xudkush Salmon Obidiy amalga oshirgan terakt oqibatida 22 kishi, jumladan 12 bola halok bo‘ldi. Kasalxonalardan qolayotgan 66 kishidan 23 nafarining ahvoli og‘ir. Hodisa uchun javobgarlikni IShID guruhi o‘z bo‘yniga oldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)