Rossiya aviatsiyasi Suriyaning Rakka shahridan Palmiraga yo‘l olgan 32 pikap va IShID terrorchilik guruhining 120 jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“25-may kuni 39 pikapda qurollar bilan Palmiraga yo‘l olgan terrorchilar kolonnasi Rossiya harbiy-kosmos kuchlari samolyotlari tomonidan aniqlandi va yo‘q qilindi”, — dedi vazirlik vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, pikaplarda katta kalibrli pulemyotlar bo‘lgan.
Hozirda Rossiyaning uchuvchisiz uchar qurilmalari terrorchilar Rakkadan chiqishi mumkin bo‘lgan yo‘llarni kecha-kunduz nazorat qilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)