AQSh prezidenti Donald Tramp maxfiy ma’lumotlar chiqib ketishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqidagi fikrlarga qo‘shildi. Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey G7 sammiti ishchi sessiyasi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Donald Tramp bilan suhbatda Britaniya politsiyasi FQB bilan o‘rtoqlashgan ma’lumotlarning chiqib ketishi masalasini ko‘tardim. U bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini bildirdi. London politsiyasi ham bu haqda FQB tomonidan ishontirilgan ko‘rinadi va axborot almashinuv jarayoni tiklandi”, —deya ta’kidladi Tereza Mey.
Buyuk Britaniya 25-may, payshanba kuni AQSh bilan Manchesterdagi terakt tekshiruviga oid ma’lumotlar bilan almashishni to‘xtatdi. Bu The New York Times gazetasida Manchester Arena stadionida harakatga keltirilgan portlovchi qurilma qismlari fotolari e’lon qilinganidan so‘ng ro‘y berdi.
Keyinchalik Vashingtondan maxfiy materiallarni oshkor etmaslik kafolati olinganidan so‘ng almashinuv tiklandi.
Izoh (0)