Boliviya prezidenti Evo Morales amerikalik hamkasbi Donald Trampni tashqi va migratsiya siyosati tufayli “mustabid” deb atadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Dunyoda yagona mustabid Tramp hisoblanadi. Chunki u muhojirlar va ayollarni tahqirlamoqda, shuningdek, dunyoni boshqa mamlakatlariga nisbatan zo‘ravonlik va bosqinga undamoqda”, — deya yozuv qoldirdi u Twitter’dagi sahifasida.
Morales Tramp Oq uyda Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos bilan birgalikdagi matbuot anjumanida Venesueladagi vaziyatni “insoniyat uchun sharmandalik” deb ataganidan so‘ng shunday bayonot berdi.
Izoh (0)