AQSh prezidentining Yaqin Sharq mintaqasi, jumladan, Vifleemga tashrifi falastinliklar va isroilliklar o‘rtasida tinchlik o‘rnatilishiga umid uyg‘otdi. Bu haqda Falastin rahbari Mahmud Abbos Donald Tramp bilan uchrashuvidan so‘ng ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Prezident Trampning tashrifi falastinliklar va isroilliklar o‘rtasida tinchlik sulhi imzolanishiga umidni qaytadan uyg‘otdi. Falastin ham AQSh qatorida buni istaydi. O‘rtamizdagi mojaro turli dinlarga mansublikda emas, balki Isroil bosqini va hududlarimizda yangi manzillar qurilishi davom etayotganiga bog‘liq”, — deya ta’kidladi Falastin yetakchisi.
Mahmud Abbos Falastin terrorchilikka qarshi kurashda hamkorlikka tayyorligini bildirdi.
Izoh (0)