Chanel o‘z logotipi joylashtirilgan va 1,5 ming dollar turadigan bumerang uchun avstraliyaliklardan uzr so‘radi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Fransiya kompaniyasi “o‘zga madaniyatni juda hurmat qilishi va uning vakillari o‘zlarini tahqirlangan his etgan bo‘lsa, bundan afsusda ekanligi”ni bildirdi.
Vizajchi Jeffri Star ijtimoiy tarmoqlarda 16-may kuni o‘zining yangi Chanel bumerangi bilan maqtangandi. Foydalanuvchilar uni o‘ta qimmatligi uchun tanqid qildi va kompaniyani chet madaniyatga hurmatsizlik bilan yondoshishda aybladi.
Avstraliyaga tashrif buyuradigan ko‘plab sayyohlar bumeranglarni mahalliy sotuvchilardan xarid qiladi. Ularning o‘rtacha narxi 5 — 20 dollardan oshmaydi.
Izoh (0)