Dubaydan Parijga yo‘l olgan samolyot yo‘lovchi ayolda to‘lg‘oq boshlangani sababli Kiprda shoshilinch qo‘ndi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
To‘lg‘oq bevosita parvoz chog‘i boshlandi. Layner Larnaka aeroportida qo‘ndi. Bu payt ayol chaqaloqni dunyoga keltirishga ulgurgandi.
OAV bolaning jinsiga aniqlik kiritmadi. Yosh ona va chaqaloq o‘zini a’lo darajada his etmoqda.
Izoh (0)