Nyu-Yorkda bloger Kevin Streyl qizil achchiq qalampirni eng ko‘p miqdorda yeb, jahon rekordini o‘rnatdi. Erkak ikki daqiqada 121,9 gramm qalampirni yeyishga ulgurdi. Rekord videosi Ginness jahon rekordlari YouTube-kanaliga joylandi.
Avvalgi rekord 66 grammdan iborat edi. Shuningdek, Streyl eng ko‘p naggets yeyish bo‘yicha rekordni ham yangiladi. U uch daqiqada 642,12 gramm tovuqni paqqos tushirdi, bu avvalgi rekorddan 110 grammga ko‘proq demakdir.
Izoh (0)