AQShning 28 yillik faoliyati mobaynida yo‘lovchilar bilan birorta reys amalga oshirmagan Baltia Airlines aviakompaniyasi yaqin orada Yevropaga parvozlar boshlanishini e’lon qildi. Bu haqda aviakompaniyaning Business Wire saytida joylashtirilgan press-relizida ma’lum qilindi.
Mazkur press-relizda aviakompaniya bir necha Boeing-767-300 laynerini ijaraga olish va Nyu-Yorkdan 90 kilometr uzoqlikda joylashgan Styuart xalqaro aeroportidan Yevropa shaharlariga yo‘lovchi, yuk va pochta tashishni rejalashtirayotgani bildirilgan.
Ehtimoliy yo‘nalishlar qatorida London, Parij, Barselona, Nitssa, Neapol, Afina, Varshava, Budapesht, Praga, Sankt-Peterburg va Tel-Aviv keltirilgan.
Baltia Airlines aviakompaniyasiga 1989-yili AQSh va sobiq Ittifoq o‘rtasidagi parvozlarni amalga oshirish uchun Rigada tug‘ilib-o‘sgan Igor Dmitrovskiy tomonidan asos solingan. Biroq aviakompaniya ixtiyorida samolyotlar bo‘lmagani sababli reyslar bajarilmadi.
Izoh (0)