Vyetnamning so‘nggi imperatori Bao-dayga tegishli Rolex soati Jenevadagi auksionda 5 million dollarga sotildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
O‘zini oshkor etishni istamagan xaridordan olingan summa auksionda Rolex soati uchun berilgan eng katta mablag‘ bo‘ldi.
Mazkur soat Bao-day tomonidan Jenevada, tinchlik bo‘yicha muzokaralarda bo‘lib turgan payti sotib olingandi.
Bloomberg agentligiga ko‘ra, gap Rolexning qora siferblatli, soat ko‘rsatkichlari brilliantlardan ishlangan uch mashhur nusxasidan biri haqida ketmoqda.
Izoh (0)