Yuz nafar jangari hamda ularning qarindoshlaridan iborat guruh Suriyaning Xoms shahridagi al-Vaer kvartalini tark etdi. Bu haqda “RIA Novosti” Xoms meriyasidagi manbalariga tayanib xabar bermoqda.
“Jangarilarni olib chiqib ketishning o‘ninchi bosqichi doirasida Xomsning al-Vaer kvartalidan 450 kishi, shu jumladan, 100 jangari chiqib ketdi”, — dedi agentlikning suhbatdoshi.
O‘ninchi bosqich 13-may kuni Suriya hukumati va noqonuniy qo‘shilmalar o‘rtasida erishilgan kelishuv doirasida amalga oshirilmoqda. Kelishuvga binoan, al-Vaer sakkiz hafta davomida to‘laligicha jangarilardan tozalanishi lozim.
Izoh (0)