AQSh harbiy-dengiz kuchlarining P-8A Poseidon patrul samolyoti Suriyadagi Rossiya harbiy bazalari yaqinida, O‘rtayer dengizi akvatoriyasida havo razvedkasini amalga oshirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Havo kemasi Sitsiliyadagi Sigonella aviabazasidan ko‘kka ko‘tarilib, uzoq vaqt mobaynida Rossiyaning Tartus portida joylashgan harbiy-dengiz bazasi va Latakiyadagi Xmeymim aviabazasini kuzatdi.
Kuzatuvchilar mazkur razvedka parvozini Varyag yuk kemasi Tartusga va Rukia II yuk kemasi Latakiyaga kirgani bilan bog‘lamoqda. Ushbu kemalar Novorossiyskdan qurol-yarog‘ turkumi keltirgani taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)