Isyonchi xusiylar nazoratida bo‘lgan Yaman poytaxti Sana rasmiylari shaharda vabo tarqalgani sababli 14-may, yakshanba kuni favqulodda holat tartibini joriy etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Yaman sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, mamlakatda aprel oyi boshidan beri 115 kishi vabo oqibatida olamdan o‘tdi.
Hozirda mamlakatda 8,5 mingga yaqin mazkur kasallikka chalinish holati qayd etilgan.
Izoh (0)