Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin “Bir belbog‘ — bir yo‘l” forumi ishtirokchilarini jahon savdosi va xalqaro investitsiyalarni liberallashtirishga hissa qo‘shishga chaqirdi, deb yozadi “TASS”. Bu haqda u Pekinda bo‘lib o‘tgan davlat va hukumat rahbarlari davra suhbatida aytib o‘tdi.
“Real iqtisodiyotda hamkorlik sohasida biz investitsiyalarga, sanoat klasterlari taraqqiyotiga, ish o‘rinlari yaratilishiga, shuningdek, innovatsion progressga ko‘mak ko‘rsatish uchun iqtisodiy yo‘laklar yaratishimiz, savdoni rivojlantirishimiz, sanoatdagi hamkorlik zonalarini yaratishimiz kerak”, — dedi Si Szinpin.
“Investitsiyalar va savdoni liberallashtirishga kelsak, iqtisodiyotlarning o‘zaro bog‘liqligi salohiyatini to‘liq ko‘lamda oshkor qilish uchun, biz erkin savdo zonalarini rivojlantirishimiz… shuningdek, biznes-muhitni mukammallashtirishimiz kerak”, — dedi u.
Izoh (0)